Mass-media fondi va YUNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbariyati keng ko‘lamli masalalarni muhokama qildi

24 - May, 2022

Mass-media fondi direktori Nozima Davletova, va YUNESKOning O‘zbekistondagi vakili vazifasini bajaruvchi Aleksandros Makarigakis, o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tomonlar hamkorlikning keng ko‘lamli masalalarini muhokama qildi. Jurnalistik surishtiruv, feyklar, radikalizm, terrorizm, ekstremizm va xeytspichga qarshi kurashish ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan qo‘shma treninglarning dolzarbligiga eʼtibor qaratildi.

YUNESKO vakili Fondning media savodxonligi bo‘yicha o‘quv adabiyotlarini yaratish taklifini qo‘llab-quvvatladi.

Muhokama qilingan masalalar yuzasidan berilgan takliflar asosida yo‘l xaritasi tuzishga kelishib olindi.

Yangiliklarni Telegram kanalimizda kuzatib boring