Mass-media fondi Meta kompaniyasi bilan hamkorlikda elchixonalar, bosh konsulliklar, missiyalar, elchilar va Oʼzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi vakillarining Instagram va Facebook dagi 40 dan ortiq akkauntlarini verifikatsiyadan oʼtkazdi.

02 - Iyun, 2022

Buning natijasida mamlakat tashqarisidagi fuqarolarimiz, xorijiy foydalanuvchilar va OАV Oʼzbekiston diplomatik vakolatxonalarining tasdiqlangan akkauntlarini toʼgʼri topib, dolzarb maʼlumotlarni olish imkoniyatiga ega boʼladi.

Shuningdek, bu TIVning vakillik tuzilmalariga mamlakatning xalqaro maydondagi mavqeini faol targʼib qilish va davlatimiz haqidagi feyk maʼlumotlarga yanada samarali qarshi turish imkonini beradi.

Yangiliklarni Telegram kanalimizda kuzatib boring