Bugun mass-media fondida fond direktori Nozima Davletova va YuNFPАning Oʼzbekistondagi vakili Janob Yu Yu bilan ishchi uchrashuv oʼtkazildi.

06 - Iyul, 2022

Bugun mass-media fondida fond direktori Nozima Davletova va YuNFPАning Oʼzbekistondagi vakili Janob Yu Yu bilan ishchi uchrashuv oʼtkazildi.

Uchrashuvning asosiy mavzusi — potentsial qoʼshma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlarini muhokama qilishdan iborat boʼldi. Janob Yu Yu gender zoʼravonlik muammosiga alohida eʼtibor qaratdi. U oʼz vakolatxonasining mazkur sohada olib borayotgan faoliyati va kelgusida bajariladigan ishlari haqida batafsil soʼzlab berdi.

Uchrashuvda Fondning gender ekspertizasi loyihasi va media uchun gender mavzusini yoritish boʼyicha qoʼllanma ishlab chiqish rejasiga katta qiziqish bildirildi. YuNPFА ushbu yoʼnalishda Fondni qoʼllab-quvvatlashi va amaliy yordam koʼrsatishga tayyor ekani qayd etildi.

Muloqotda mazkur yoʼnalishlar doirasini kengaytirish, shuningdek, turli vektorlarda hamkorlik qilishga kelishib olindi.

Yangiliklarni Telegram kanalimizda kuzatib boring