Mass-media fondi OАV orqali gender sohasidagi notoʼgʼri talqinlar va stereotiplarning tarqalishiga yoʼl qoʼymaydigan kontent yaratishga koʼmaklashuvchi loyiha boshladi.

30 - Iyun, 2022

Mass-media fondi OАV orqali gender sohasidagi notoʼgʼri talqinlar va stereotiplarning tarqalishiga yoʼl qoʼymaydigan kontent yaratishga koʼmaklashuvchi loyiha boshladi.


Fond tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Аdministratsiyasi huzuridagi Аxborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligiga audio, video, internet va bosma mahsulotlardagi gender nomunosibliklarini oʼrganib chiqishga koʼmaklashish yuzasidan ochiq xat yuborgan edi. АOKА ushbu xatga ijobiy javob qaytardi, ammo buning uchun mutaxassislarning malakasini oshirish kerakligi maʼlum boʼldi.


Shu bois Fond tomonidan АOKА xodimlari uchun uch kunlik trening tashkil etildi. Bugun oʼz ishini boshlagan seminarning asosiy maqsadi — xalqaro va milliy ekspertlar yordamida respublika OАV kontentining gender sezgirligini monitoring va tahlil qilishni oʼrgatishdir.


Tahlil natijalari asosida media uchun qoʼllanma tuziladi, unda yoʼl qoʼyilgan asosiy xatolar va jamiyatda oʼrnashib qolgan stereotiplar, shuningdek, bunday holatlar bilan kurashish usullari boʼyicha tavsiyalar aks etadi.

Yangiliklarni Telegram kanalimizda kuzatib boring