Mass-media fondi Adliya vazirligidan ro‘yxatdan o‘tdi

08 - Noyabr, 2019
Фонд масс-медиа зарегистрирован в министерстве юстиции

Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan nodavlat notijorat tashkilot sifatida ro‘yxatga olindi hamda rasman o‘z ish faoliyatini boshladi.

Jamoat fondining asosiy maqsadi ommaviy axborot vositalariga media bozorida teng sharoit yaratish, ularni yanada rivojlantirish hamda jurnalist va blogerlarning huquqlarini ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashishdir.

Shuningdek, jamoat fondi milliy mass-media hamjamiyatining o‘zini o‘zi boshqarish mexanizmlarini ishlab chiqishga ko‘maklashishni ham o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan.

Ommaviy axborot vositalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, jurnalistlar va blogerlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ularga huquqiy, tashkiliy, texnik va boshqa xil yordam ko‘rsatish jamoat fondining ustuvor vazifalaridan hisoblanadi.

Yangiliklarni Telegram kanalimizda kuzatib boring