Matbuot xizmatlari: yaratish, ommalashtirish, tushuntirish

22 - Oktyabr, 2020
Пресс-службы: создавать, популяризировать, разъяснять

«Media va kommunikatsiyalar maktabi» loyihasi doirasida 22 oktyabr kuni matbuot kotiblari uchun uch kunlik o‘quv kursi boshlandi.

Respublika davlat organlari va tashkilotlari matbuot xizmatlarining rahbarlari ushbu kurslarda tinglovchi sifatida ishtirok etishdi. Shuni taʼkidlash kerakki, bugungi kunda maʼlumot oladigan kanallar soni doimiy ravishda ko‘payib borayotgan bir sharoitda matbuot xizmatlarining axborot makonini shakllantirishdagi roli sezilarli darajada oshdi. Tahlillarga ko‘ra, dunyo bo‘ylab ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinadigan xabarlarning taxminan 70% matbuot xizmatlarining rasmiy relizi hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan, matbuot kotiblari malakasining yuqori darajada bo‘lishi ayni dolzarb masaladir.

«Media va kommunikatsiyalar maktabi» loyihasi ushbu taʼlim modulini yana-da kengaytirishni rejalashtirmoqda.

Yangiliklarni Telegram kanalimizda kuzatib boring