Nukusda blogerlar bilan uchrashuv

29 - Dekabr, 2020

Mass-media fondi jamoasining Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrifi davomida Vasiylik kengashi raisi Komil Allamjonov va uning o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva Nukusning yirik internet OAVlari bosh muharrirlari bilan uchrashdi.

Uchrashuv doirasida mamlakatda va aniqrog‘i Qoraqalpog‘istonda mass-mediani rivojlantirish bo‘yicha do‘stona suhbat va fikr almashildi. Jurnalistlar o‘zlarining ishlari va rejalari haqida so‘zlab berishdi.

Fond rahbariyati hamkasblarini Yangi yil bilan tabrikladi va ularga sovg‘alar topshirdilar. 


Yangiliklarni Telegram kanalimizda kuzatib boring