OAV sohaga oid qonun loyihalari muhokama etildi

12 - Sentyabr, 2020
Проекты законов

Mass-media fondida Prezidentimiz tashabbusi bilan ishlab chiqilayotgan OAV sohaga oid qonun loyihalarini muhokama qilish maqsadida jurnalistlar va bloggerlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Jumladan, jurnalistlar uchun tuhmat va haqorat qilish bilan bog‘liq jazolarning bekor qilinishi va uning oqibatlari, ushbu qaror keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan foyda va xavf-xatarlar atroflicha tahlil etildi.

Shuningdek, yig‘ilish ishtirokchilari OAV faoliyatiga to‘sqinlik qilish va jurnalistlarga bosim o‘tkazganligi uchun mansabdor shaxslarni javobgarlikka tortish mexanizmini takomillashtirish yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi, ushbu meʼyor qonun loyihalaridan birida mavjud.

Umuman olganda, ko‘rib chiqilayotgan hujjatlarda nazarda tutilgan yangiliklar qo‘llab-quvvatlanib, juda o‘rinli va dolzarb deb eʼtirof yetildi.

Fond tez orada barcha takliflarni umumlashtirib, ularni qonun loyihalarini ishlab chiqishga masʼul bo‘lgan AIMK va Adliya vazirligining ishchi guruhiga taqdim etadi. Umid qilamizki, OAV vakillarining fikrlarini inobatga olish bu sohada yana-da aniq va samarali tartibga solish mexanizmini yaratishga yordam beradi.

Yangiliklarni Telegram kanalimizda kuzatib boring