Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi barchani O‘zbek tili bayrami bilan tabriklaydi!

21 - Oktyabr, 2020
Til

Prezidentimiz bugungi bayram tabrigida: «...necha asrlar osha ajdodlarimizdan bizga bezavol o‘tib kelayotgan ona tilimizning ravnaqi va istiqboli haqida qayg‘urish – bu millatning o‘zligini anglashi, uning maʼnaviy kamolotini yuksaltirish uchun kurash demakdir. Davlat tilining obro‘-eʼtibori – butun xalq, butun jamiyatning obro‘-eʼtiboridir», — deya juda ham haq gapni aytib o‘tdilar.

Darhaqiqat, o‘zbek tili – davlatimiz g‘ururidir. Tilimizni yana-da yuksalishida ommaviy axborot vositalarining o‘rni katta hisoblanadi. Shuning uchun barcha OAV vakillaridan muqaddas ona tilimizning qadrini yana-da ko‘klarga ko‘tarishda faol bo‘lishlarini so‘rab qolamiz!

Ona tilimiz doimo kamol topib, jahon minbarlarida takror va takror yangrayversin! O‘zbek tili bayrami muborak bo‘lsin, azizlar!

Yangiliklarni Telegram kanalimizda kuzatib boring