«Jurnalistning raqamli formatdagi faoliyati: ijtimoiy tarmoqlar va blogerlik, koronavirus va o‘zini o‘zi izolyasiya qilish, tashqi va ichki ta'sir»

17 - Avgust, 2020
«Jurnalistning raqamli formatdagi faoliyati: ijtimoiy tarmoqlar va blogerlik, koronavirus va o‘zini o‘zi izolyasiya qilish, tashqi va ichki ta'sir»

2020 yil 18-20 avgust kunlari OAV vakillari, davlat idoralari matbuot xizmatlarining xodimlari, shuningdek marketologlar va PR menejerlari uchun «Jurnalistning raqamli formatdagi faoliyati: ijtimoiy tarmoqlar va blogerlik, koronavirus va o‘zini o‘zi izolyasiya qilish, tashqi va ichki ta'sir» mavzusida onlayn trening o‘tkaziladi.

Trening Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi tomonidan YeXHTning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Trener: Mixail Dorofeev – jurnalist, media menejeri, qozog‘istonlik PR-mutaxassis. Kasbiy tajribasi: Era telekompaniyasida, KTK telekanalida, «Megapolis» va «Ekspress K» gazetalarida yuqori lavozimlarda ishlagan, «Verniy kapital» kompaniyalar guruhi va «KazMunayGaz» OAJ PR-xizmatlarining rahbari bo‘lgan. U Qozog‘iston Prezidenti huzuridagi Milliy ishonch milliy kengashi a'zosi, Qozog‘iston Media al'yansi asoschisi va boshqaruv a'zosi, PR bo‘yicha «Aq Mergen» milliy mukofotining doimiy hay'at a'zosi.

O‘quv dasturi: «Media iste'moli va media landshaftini o‘zgartirish», «Mass-media va messenjerlar bilan ijtimoiy tarmoqlar: raqobatmi yoki hamkorlik?», «Feyklar: ular qaerdan paydo bo‘ladi va odamlar nima uchun ularga ishonishadi?», «UGC: qanday qilib axborot iste'molchisini uni ishlab chiqaruvchiga aylantirish kerak?» , «Internet OAV uchun asosiy trafik manbalari», «SMM va Internetda ommaviy axborot vositalarini targ‘ib qilish. Oflayn ommaviy axborot vositalarini targ‘ib qilish xususiyatlari», «Storitelling nima va u mass-mediada nima uchun kerak?», «Raqamli haqiqat va pandemiya sharoitida tahririyat ishi »va boshqa mavzular.

Media-treningni muvaffaqiyatli tugatgan ishtirokchilarga maxsus sertifikatlar topshiriladi.

Trening YXHTning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori hamda Mass-media fondining qo‘shma dasturi doirasida olib boriladi.

Yangiliklarni Telegram kanalimizda kuzatib boring