Hurmatli jurnalistlar va blogerlar!

15 - Mart, 2020
Hurmatli jurnalistlar va blogerlar!

Xabaringiz bor, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Bugun Vazirlar Mahkamasida bo‘lib o‘tgan brifingda mamlakatda infeksiyaning tarqalishiga qarshi kurashish bo‘yicha bir qator chora-tadbirlar ko‘rilganligi ma’lum qilindi.

Butun dunyo uchun sinovli kunlarda biz O‘zbekiston ommaviy axborot vositalari vakillarini ushbu mavzu bo‘yicha tasdiqlanmagan ma’lumotlarni tarqatmaslikka, xotirjamlik va oqilona bo‘lishga chaqiramiz. Chunki axborot makonidagi kayfiyat sizga bog‘liq.

Shu munosabat bilan, Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish fondi Sizni vakolatli organlarga koronavirusning oldini olish bo‘yicha foydali ma’lumotlarni tarqatishda va jamiyatimizni birlashtirishda yordam berish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solishga chaqiradi.

Yangiliklarni Telegram kanalimizda kuzatib boring